Global Money Week: Talabalar bilan INHA universitetida oʻtkaziladigan uchrashuv haqida

2020-yilning 26-mart kuni Global Money Week tadbiri doirasida Toshkent shahridagi INHA universitetida raqamli moliyaviy savodxonlik mavzusi bo’yicha talabalar bilan uchrashuv tashkil etiladi.

Tojibayeva Dildora iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashish markazi direktorining  oʻrinbosari lavozimida xizmat qiladi. U, shuningdek, uzoq vaqt davomida davlat moliyasini isloh qilish yo’nalishi bo’yicha BMT taraqqiyot loyihasining koordinatori sifatida ishlagan. ADB, UNDP, USAID, EU, GIZ loyihalariga koordinator, konsultant va ekspert sifatida jalb etilgan.

Uchrashuvda u talabalarga moliyaning muhimligi va raqamli moliyaning inson hayotidagi o’rni haqida so’zlab beradi.

Shu bilan birga, ushrashuvda Payme vakili ham so’z olib, zamonaviy toʻlov tizimlarining imkoniyatlari bilan yigʻilganlarni tanishtiradi va ilovadan foydalanish boʻyicha interfaol master-klass oʻtkazadi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv doirasida sizni viktorina, aksiyalar va albatta koʻplab foydali va qiziqarli maʼlumotlar kutmoqda.

Sana: 26-mart

Vaqt: 18:00

Manzil: Toshkent, INHA universiteti, 101 xona, B korpus

Ishtirok uchun roʻyxatdan oʻtish lozim:

2020-03-05