12-fevral kuni IT Park Uzbekistan Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida startap asoschilarini Dina Sherif bilan eksklyuziv Fireside Chatga taklif etadi. Dina Sherif — iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasidagi dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri hamda MIT Sloan School of Management huzuridagi MIT Kuo Sharper Center ijrochi direktori.
Agar siz:
O‘zbekistonda IT mahsulot yoki startap yaratayotgan bo‘lsangiz;
Xalqaro bozorlarga chiqishni rejalashtirayotgan, ammo qayerdan boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz;
Allaqachon global miqyosda kengayishga urinayotgan, biroq to‘siqlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz — ushbu suhbat sizga oylar davom etadigan sinov va xatolardan qutulishga yordam berishi mumkin.
Dina Sherif rahbarligida MIT Kuo Sharper Center 67 mamlakatdan 600 dan ortiq tadbirkorni qo‘llab-quvvatladi, startaplarga 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya jalb etilishiga yordam berdi va 17 milliondan ortiq foydalanuvchiga chiqish imkonini yaratdi.
Dina Sherif — Harvard Kennedy School bitiruvchisi, Ahead of the Curve konsalting kompaniyasining hammuassisi hamda real, amaliy natijalarga yo‘naltirilgan global tadbirkorlik dasturlarining asosiy ishlab chiquvchilaridan biridir.
Fireside Chat jonli muloqot formatida — taqdimotlar va oldindan tayyorlangan javoblarsiz o‘tkaziladi. Ishtirokchilar har kuni founderlar bilan ishlaydigan va nima sababdan ayrim startaplar global bozorlarga chiqishda muvaffaqiyat qozonib, boshqalari esa mahalliy darajada qolib ketishini yaxshi tushunadigan mutaxassisga bevosita savollar berish imkoniga ega bo‘ladilar.
Muhokama qilinadigan asosiy mavzular:
— Global o‘sish formulasi: qaysi biznes modellari xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli ishlaydi va nima uchun.
— Deep Tech (chuqur texnologik yechimlar) global mahsulot sifatida: murakkab innovatsiyalar MIT tajribasi asosida qanday qilib masshtablanuvchi biznesga aylanadi.
— Xalqaro ekspansiyadagi keng tarqalgan xatolar: startaplarning chet bozorlarga chiqishiga nima to‘sqinlik qiladi va buni qanday oldini olish mumkin.
— Global ekotizimga integratsiya: O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan bozorlar founderlari uchun amaliy qadamlar.
Munozara moderatori — IT Park University CEO’si Bokhodir Ayupov, O‘zbekiston IT-ekotizimi va uning global startap kun tartibini shakllantirayotgan vizionerlardan biri.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘z mahsulotining xalqaro bozorlarga chiqishga qanchalik tayyor ekanini, qaysi masshtablash modellari global miqyosda ishlashini hamda o‘sishga eng ko‘p to‘sqinlik qiladigan xatolar nimaligini aniq tushunib yetadilar. Bu — MIT’dan olingan amaliy insaytlar bo‘lib, ular ongli qarorlar qabul qilish va qimmatga tushadigan xatolardan qochishga yordam beradi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish majburiy
📌 Joylar soni cheklangan
Agar siz global o‘sishni jiddiy maqsad qilgan bo‘lsangiz, bu tadbirni o‘tkazib yubormang.
2026-01-22