30 aprel soat 15:00 da “Google, Instagram va Facebook g‘oyalari qay tarzda investitsiyalarni jalb qildi” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar spikeri Abdul Sharopov, Yale-NUS bitiruvchisi, Aloqa Ventures startap investori hamda Battery Road Digital kompaniyasining sarmoya bo’yicha yetakchi mutaxassisi. IMAN startap loyihasiga 1 million dollarlik sarmoya kiritdi.
Seminarda Abdul Sharopov startapga investitsiyalarni jalb qilish usullari, startap-investorlar uchun nima muhimligi, shuningdek, yirik IT-kompaniyalar venchur investitsiyalarni qanday boshlaganligi va umuman, venchur kapitali qanday ishlashi haqida so’z yuritadi. Bundan tashqari, ma'ruzachi venchur fondlari nima uchun qiziqarli g'oyalar va yosh jamoalarga milliardlab dollar sarmoya kiritayotgani haqidagi savollarga javob beradi.
Seminar o’zbek va ingliz tillarida olib boriladi
Tadbirda qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan o’ting:
https://forms.gle/4hwBuKuSjjVyMUi1A
2022-04-25