Gulistonda BPO School o‘quvchilari uchun Welcome Day bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-fevral kuni IT Parkʼning Sirdaryo viloyatidagi filialida yakuniy suhbatdan o‘tgan BPO School o‘quvchilari uchun Welcome Day bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IT Park Direktorining mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mintaqaviy boshqarmasi boshlig‘i Abduqodir Babayev hamda “Revotech” kompaniyasi rahbariyati qutlov so‘zi bilan chiqdi.





Jami 20 nafar oʻquvchi suhbatning barcha bosqichlaridan oʻtdilar va endi logistika boʻyicha uch oylik oʻqishni yakunlaydilar va BPO-kompaniyalarida ishlash imkoniyatlarini kashf etadilar, yil oxirigacha yana 100 kishini oʻqitish rejalashtirilgan.

BPO School – bu butun mamlakat boʻylab ochilgan ixtisoslashtirilgan maktab boʻlib, unda Oʻzbekiston yoshlari logistika sohasida ishlashni oʻrganishlari mumkin.  Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini oshirishdan iborat

2022-02-22