18-mart kuni IT Park Uzbekistan, “Gyeongbuk TechnoPark” va Koreya Respublikasining “Gyeongbuk Development Institute” oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida axborot texnologiyalari sohasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum “Gyeongbuk TechnoPark” bosh direktori In Son Ha (In Seong Ha), “Gyeongbuk Development Institute” prezidenti Chul Kyon Lyu (Chul Gyun Lyou) va IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov tomonidan imzolandi.
Memorandum ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik va axborot sanoatini rivojlantirishga qaratilgan. Asosiy jihatlar qatoridan Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston IT-sanoatiga xususiy sektorni faol jalb etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, axborot almashish, ikkala mamlakat kompaniyalari uchun eksport faoliyatini soddalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida maʼmuriy qoʻllab-quvvatlash oʻrin olgan.
Bitimning imzolanishi Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston oʻrtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
2024-03-20