#Hakaton4unlimitededucation xakatoni oʻz nihoyasiga  yetdi!

2020-yilning 16-21 noyabr kunlari Fargʻona, Namangan va Andijonda IT Park, UNODC, Yosh Tadbirkor va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi mutaxassislar yordamida taʼlimni rivojlantirish va yoshlarning koʻnikmalarini oshirish va Oʻzbekistondagi muammo va qiyinchiliklar uchun IT yechimlar yaratish maqsadida tashkil etilgan #Hakaton4unlimitededucation xakatoni boʻlib oʻtdi

Tadbirda IT Park va Oʻzbekiston Yoshlar agentligi, Oʻzbekistonda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, Markaziy Osiyodagi Narkotik va jinoyatchilik masalalari boʻyicha BMT boshqarmasi, shuningdek, viloyat hokimiyatlari va developerlar ishtirok etdi.

Xakaton quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

- Zoʻravonlikka qarshi kurash;

- Korrupsiyaga qarshi kurash;

- Yoshlarni ish bilan taʼminlash.
 

Xakaton IT Park filiallarida boʻlib oʻtdi: Margʻilonda, Andijondagi “Digital City”da va Namangandagi “Yoshlar Markazi”da.

Xakatonning birinchi kuni har bir hududda tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Shundan soʻng tadbir doirasida har bir hudduda ishtirokchilar yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha raqamli mahsulotlar yaratish uchun 24 soatlik marafon oʻtkazdilar.

Yakunda xakaton gʻolibiga aylanganlar:

Fargʻona:

1-oʻrin: “Ilmsoft” jamoasi (IoT gadjet)

Yutuq: HPʼning OMEN lineykasidagi 4 dona noutbuk

2-oʻrin: “Cactus corp” jamoalar (ish izlash uchun platforma)

Yutuq: Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazidan bepul biznes maslahat olish

3-oʻrin: “MK Group” jamoasi (ish izlash uchun platforma)

Yutuq: Margʻilondagi IT Markazga bir yillik bepul tashrif va IT Parkʼdagi akseleratsiya dasturiga sertifikat

Andijon:

1-oʻrin: “aCode” jamoasi (taʼlim va bandlik)

Yutuq: HPʼning OMEN lineykasidagi 4 dona noutbuk

2-oʻrin: “iBlogs” jamoasi (ish izlash uchun platforma)

Yutuq: Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazidan bepul biznes maslahat olish

3-oʻrin: “Eduzone” jamoasi (abituriyent va talabalar uchun onlayn maslahat)

Yutuq: Andijondagi “Digital city”ning istalgan xizmatlari uchun 8 000 000 soʻmlik vaucher va IT Parkʼdagi akseleratsiya dasturiga sertifikat

Namangan:

1-oʻrin: “Fantastic4” jamoasi (onlayn taʼlim va maslahat)

Yutuq: HPʼning OMEN lineykasidagi 4 dona noutbuk

2-oʻrin: “LYUKOR” jamoasi (ish izlash uchun platforma)

Yutuq: Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazidan bepul biznes maslahat olish

3-oʻrin: “Programmer ladies” jamoasi (onlayn maslahat)

Yutuq: Namangandagi IT Park filialiga bir yillik bepul tashrif va IT Parkʼdagi akseleratsiya dasturiga sertifikat

Xakaton tufayli ishtirokchilar Oʻzbekistonda turmush sifatini yaxshilashda oʻz hissani qoʻshish, keng jamoatchilikka oʻz gʻoya va loyihalarini namoyish qilish,  qimmatbaho yutuqlarni qoʻlga kiritish, axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislardan tavsiyalari olish va loyiha yoki uning prototipi tajribasini qisqa muddatlarda oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar.












 

2020-11-23