Bugun, 2020-yil 19-fevral kuni IT-Parkga Afrika va Markaziy Osiyo kabi chegara bozorlaridagi yirik kompaniyalarga maslahatlar beruvchi strateg, ilgari C darajali isteʼdodlarni izlab topish bilan shugʻullangan sobiq mutaxassis tashrif buyurdi. Oʻz tashrifi bilan IT-Park jamoasini mamnun qilgan, 4 tilda soʻzlay oluvchi, qilichbozlik boʻyicha Afrika chempioni boʻlgan bu inson – “Tuz Ventures” kompaniyasi vakili Hervé Edongo edi.
Taʼkidlash kerakki, mazkur tashrif Hervé Edongoning IT-Parkga birinchi tashrifi emas. Biroq, akseleratsiya dasturining ikkinchi mavsumidagi startap jamoalarimiz uchun mazkur tashrif birinchisi boʻlib, bu tashrif doirasida ular birinchi marta investor oldida chiqish qilishdi.
Mazkur uchrashuv davomida, oʻtkazilgan muvaffaqiyatli taqdimotlardan soʻng, Hervé Edongo baʼzi jamoalarga nisbatan qiziqish bildirdi va ularga yordam berishga va ularni tegishli mutaxassislar bilan tanishtirishga vaʼda berdi.
Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikning mumkin boʻlgan barcha variantlarini muhokama qilishdi, shuningdek, amalga oshirish mumkin boʻlgan bir qator qoʻshma loyihalarni rejalashtirishdi.
2020-02-21