Hindistondagi IT-Park: “Indiasoft” konferensiyasi

2020-yil 3-4 mart kunlari IT-Park vakillari Haydarobodda (Hindiston) boʻlib oʻtgan “Indiasoft” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi.

Konferensiyadan bir kun oldin bizning vakillarimiz Hindistonning eng yirik STPI texnologik parki rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdilar, ular uchun IT-Park va uning autsorsing xizmatlari yoʻnalishini rivojlantirish boʻyicha kelgusi rejalari haqida taqdimot oʻtkazdilar. Yana bir uchrashuv Pulsus kompaniyasining vakillari va asoschisi bilan boʻlib oʻtdi. Pulsus kompaniyasi Oʻzbekistonda 100 nafar xodim uchun oʻzining ofisini ochish va 27 million dollar sarmoya kiritish niyatida ekanligini aytdi.

Ertasi kuni, konferensiyaning ochilish marosimidan soʻng, IT-Park delegatsiyasi xorijiy kompaniyalar bilan 80 dan ortiq qisqa uchrashuvlar oʻtkazdilar, ular orasida BPO kompaniyasi va taʼlim bilan bogʻliq kompaniyalar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar bizning delegatsiyamiz uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻldi. Ulardan baʼzilari Oʻzbekiston axborot texnologiyalari bozoriga kirishga qiziqish bildirdilar.

Shunisi ajablanarliki, ularning baʼzilari Oʻzbekiston bilan hamkorlikni allaqachon boshlaganlar, jumladan, autsorsing bilan shugʻullanadigan va Oʻzbekiston jamoasi bilan ish olib borayotgan STL kompaniyasi, tez orada Oʻzbekistonga tashrif buyurishni va Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, AQShda filiallari boʻlgan Ahex Technologies kompaniyasining CEOʼsi ham Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirdi. Xususan, uni IT-Parkning soliq imkoniyatlari va oʻquv dasturlari qiziqtirib qoʻydi.

Ikki kun davom etgan konferensiya natijasida bir qator istiqbolli kompaniyalar bilan kelgusida hamkorlik qilishni aniqlab olish va hind kompaniyalarining IT-Parkning rezidentlari sifatida Oʻzbekiston bozoriga chiqish imkoniyatlarini aniqlash boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Bizning delegatsiyamiz bir nechta vakillarni uchrashuvlar oʻtkazish va IT-Park faoliyati bilan tanishish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

2020-03-07