Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Janing tashrifi

16-sentyabr kuni Hindiston Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Ja IT-Parkda rasmiy tashrif bilan bo'ldi.

Rasmiy tashrif davomida IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov janob Santosh Jaga IT-parkning imkoniyatlari va faoliyati haqida gapirib berdi. Elchi janoblari IT Parkda yaratilgan ekotizimini yuqori baholadi va bu ekotizm yaratilishidagi Hindiston texnoparklarini tajribasi keng qo'lannilganini qayd etdi. Shuningdek, uchrashuvda axborot texnologiyalari sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli imkoniyatlari muhokama qilindi.

2019-09-18