Joriy yilning 21-iyun kuni IT Park ko‘rgazmalar zalida “IT Parkda dasturiy ta’minot va IT xizmatlarini rivojlantirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 22-iyun kuni esa o‘quv-amaliy seminarning davomi seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo'yicha o'rinbosari Jamshid Egamberdiev, IT Park direktori Farhod Ibragimov, respublikamiz shaharlari va Toshkent shahar tumanlari hokimlari ishtirok etishdi.
O‘quv-amaliy seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - mahalliy rahbarlarga IT sohasida mahsulot ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatishga oid yondashuv va usullarni o‘rgatish, fikr va tajriba almashish, shuningdek samarali muloqotni tashkil etish va netvorkingni takomillashtirishdir.
Ushbu seminar xizmat ko‘rsatish sohasida bilim va tajribani oshirish va mahalliy sanoatni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida respublikamizning 28 ta o‘rta va yirik shaharlari va Toshkent shahrining 12 ta tumanlardagi mas’ul rahbarlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarlar doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar IT Park hududidagi bo‘lajak IT kompleksning qurilishi bilan tanishib chiqishdi.
Joriy yilning 22-iyun kuni IT Park direktori Farhod Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.
Farhod Ibragimov seminar ishtirokchilariga IT Park faoliyati, tashkilotning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi va ishtirokchilarning savollarga javob berdi.
Bu kabi seminarlar davlat idoralarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, amaliy o‘quv seminarlari har doim nafaqat rahbarlarning malakasini oshirish, balki ularga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga ham yordam beradi.
2021-06-23