ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023 haftaligini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilindi

IT Park O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK UZBEKISTAN’ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati:

ICTWEEK UZBEKISTAN – O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan yirik va muhim tadbirdir.

Ushbu tadbir anʼanaviy tarzda  qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim, tajriba va eng soʻnggi yutuqlarni almashish uchun oʻziga xos platformani taqdim etadi.

ICTWEEKning asosiy maqsadi tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish uchun platforma yaratishdan iborat. Shuningdek, bu O‘zbekiston IT-bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni namoyish etish uchun ideal makon hisoblanadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi qaroriga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, erishilgan yutuqlar, imkoniyat va afzalliklarni namoyish etish,  amaliy natijalar, axborot-kommunikatsiya sohasidagi rivojlanish tendensiyalari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK UZBEKISTAN 24-27-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Birinchi kun, 24-oktabrda “IT Park Uzbekistan” majmuasida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Forumda butun dunyodan yetakchi ekspertlar, soha vakillari, innovatorlar va tadbirkorlar AKT sohasidagi asosiy mavzular va tendensiyalarni muhokama qiladilar.

Keyingi uch kun, ya’ni 25-27 oktabr kunlari “Anhor”  lokomotiv bog‘ida texnologik kompaniya va tashkilotlar stendlarining keng ko‘lamli ko‘rgazmasi, IT Parkda esa forumlar, konferensiyalar va panel muhokamalari o‘tkaziladi. Ishtirokchilar yetakchi kompaniyalar, startaplar va soha mutaxassislari bilan muloqot qilishlari, namoyishlarda ishtirok etishlari, mahorat darslari o‘tkazishlari va ko‘plab qiziqarli tadbirlarda ishtirok etishlari hamda AKT sohasidagi ilg‘or texnologiyalar, innovatsion loyihalar va mahsulotlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Tanlov shartlari tanlov ishtirokchilari tomonidan quyidagi xizmatlarni belgilaydi:

1) ICT WEEK UZBEKISTAN haftaligini tashkil etish, o‘tkazish, izlash va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilganini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

2) ICTWEEK UZBEKISTAN ko‘rgazmasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos kelishi kerak.

Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar quyidagi manzilga yuboriladi:

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha qo‘ng‘iroq qiling:

yoki elektron pochta orqali so‘rov yuboring:

2023-06-14