“Innovatsion kun Toshkent 2021” biznes anjumani qanday oʻtdi?

2021-yil 22-sentyabrda Hilton Tashkent anjumanlar zalida IT Park ishtirokida tashkillashtirilgan “Hozirgi va istiqboldagi qiyinchiliklarga qaramay oʻzbek kompaniyalari oʻz biznesini qanday rivojlantirish va oʻstirishlari mumkin” mavzusida “Innovation Day Tashkent 2021” keng koʻlamli biznes anjumani boʻlib oʻtdi.


Anjumanda biznesni yanada rivojlantirish uchun IT yechimlarni koʻrib chiqishga tayyor boʻlgan kompaniyalar va sanoat boʻlimlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir hamkorlari mahalliy va xorijiy kompaniyalar edi: Expera, SAP, Consult, ALPE Consulting, EY, IBA Group, Saprun, LeverX, MOLGA Consulting, Streamline Consulting. Ularning vakillari anjuman ishtirokchilari bilan biznesning ERP, ishlab chiqarish va logistika, kadrlar menejmenti, moliya, innovatsion texnologiyalar, taʼminot zanjiri boshqaruvi va boshqa sohalaridagi muvaffaqiyat tarixlari, tushunchalari va saboqlari bilan boʻlishdilar.

IT Park direktori oʻrinbosari Bohodir Ayupov oʻz nutqi davomida Oʻzbekiston bozorining axborot texnologiyalari sohasidagi istiqbollarini qayd etib, hukumat va shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratdi, shuningdek, mahalliy bozorga chiqish va xorijiy IT kompaniyalari uchun IT Park rezidenti boʻlish va uning afzalliklari haqida gapirdi. Bu imtiyozlarga soliq va bojxona imtiyozlari, konsalting yordami va boshqalar kiradi.





Barcha ishtirokchilar uchun tadbir natijalari netvorkingning kengayishi, shu bilan birga fikrlash uchun katta ozuqa va foydali bilimlar almashinuvi boʻldi, ayniqsa, Oʻzbekiston bozoriga kirishga qaror qabul qilish bosqichida boʻlgan IT kompaniyalar uchun.




2021-09-23