2020-yil 4-mart kuni innoWIUT rahbarlari WIUT talabalari bilan birgalikda IT-Parkga tashrif buyurishdi.
innoWIUT – bu Vestminster universiteti qoshidagi yosh tadbirkorlar va startaplarni qoʻllab-quvvatlaydigan tadbirkorlik laboratoriyasi. Laboratoriya rahbarlari: Aziz Ochilov – WIUT Next-gen Enterpreneurship Lab direktori, Sarvar Jalilov – innoWIUT direktori vazifasini bajaruvchi.
Ecosystem Development Team of IT Park jamoasi mehmonlarni kutib oldilar va ular uchun ekskursiya uyushtirdilar, ekskursiya davomida esa, IT-Parkning faoliyati, vazifalari va kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdilar.
Talabalar va WIUT vakillari startaplar faoliyati bilan tanishdilar va startap-loyihalar asoschilari bilan shaxsan suhbatlashdilar. innoWIUT rahbarlari ham IT-Park xodimlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida gapirib berishdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda startap-ekotizimni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
2020-03-11