IT Markaz oʻquvchilari 5-Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida g‘olib deb topildi.

22-27-noyabr kunlari InnoWeek doirasida bo‘lib o‘tgan IT Park Toshkent filiali IT markazining robototexnika bo‘yicha 12 yoshli o‘quvchilari beshinchi Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida g‘olib bo‘ldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligi binosida g‘oliblarni festival tashkilotchilarining faxriy yorliqlari, medallari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shunday qilib, tanlov g‘oliblari quyidagilar boʻldi:

- konchilar va o‘t o‘chiruvchilarga o‘z ishlarida yordam beradigan “Aqlli bosh kiyim” ixtirosini taqdim etgan Komilov Xonzoda va Boyqo‘ziyeva E’zoza;

- Ergashev Asilbek o‘simliklarni avtomatlashtirilgan sug‘orish bo‘yicha o‘z ishlanmasi bilan.

Taqdirlash marosimida festival g‘oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobov bilan uchrashdi.

Tadbir so‘ngida festival g‘oliblari “Xalqlar do‘stligi” maydoniga tashrif buyurib, Shomaxmudovlar oilasi haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Bunday festival va ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi yosh ixtirochilarga axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi mutaxassislardan har tomonlama ko‘mak va loyihani yanada rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar olish imkonini beradi.  Bu ularning salohiyatini rivojlantiradi, keyingi tanlovlarga tayyorlaydi va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqishini oshiradi.

2021-11-29