IT Markaz yangi filiali – Sirdaryoda


Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb qilishni nazarda tutuvchi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbusi» dan uchinchi tashabbusni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aholi, ayniqsa yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart sharoitlar yaratilishini e’lon qildi.

2020 yil 1-iyun kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida IT-Markaz filialining rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi. Raqamli texnologiyalar o’quv markazi Alisher Navoiy ko’chasi, «O’zbektelekom» AK binosida joylashgan. IT-Markaz yangi filiali 132 kvadrat metr maydonni o’z ichiga olgan 4 xonadan iborat bo’lib, ularda dasturlash, robototexnika, kibersport va ishlash uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Mashg’ulotlar o’tkaziladigan mavzular:

Kompyuter savodxonligi;

MS Office bilan chuqur ishlash;

Veb dasturlash tillari;

Grafika va dizayn asoslari;

Mobil ilovalarni yaratish;

Python dasturlash tili;

Arduino va Lego Mindstorm asosida mobil robototexnika;

Shuningdek, kibersportsport: CS : GO, Dota2, FIFA20  



Markaz yosh avlodga ko’p yillik tajribaga ega yuqori malakali o’qituvchilardan axborot texnologiyalari bo’yicha bilimlarni professional ravishda olishga imkon beradi. Kurslar 3 yosh toifasida: 9-15, 16-19 va 20-25 yoshdagi bolalar va yoshlarni bosqichma-bosqich tayyorlashga qaratilgan.




Ochilish marosimida IT-Markaz direktori Nodir Alibekov, Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Otabek Nosirov, Sayxunobod tumani hokimi Botir Mirzaqulov, Sayxunobod tumani hokimining o’rinbosari Zuxriddin Baratov, shuningdek keng jamoatchilik vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.



Alibekov Nodir Otabek Nasirov bilan Markaz bo’ylab ekskursiya o’tkazdi va yoshlar orasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va ommalashtirishga yordam beradigan muhim elementlarni muhokama qildi. Shuningdek, ular yosh avlod bilan kichik suhbat o’tkazdilar, bu esa o’z navbatida ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga sharoit yaratib berganlari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

IT-Markazlar yoshlarga zamonamizning turli xil va aktual kasblarini o’zlashtirishlari, shuningdek, qisqa muddatli bepul kurslarda yoki pullik, ammo uzoq muddatli kurslarda o’qishlariga imkon beradi. Bularning barchasi respublikaning chekka hududlarida yoshlarning bandligini ta’minlaydi.


Markazdagi muvaffaqiyatli o’qiyotgan talabalarga ham oflayn, ham mustaqil va autsorsing orqali pul ishlash imkoniyati beriladi.


Shuni qo’shimcha qilish kerakki, 2020 yil iyun oyida IT-Markaz Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Xavas va Yangiyer tumanlarida filiallarni ochish rejalashtirilgan. Hammasi bo’lib, 2020 yil oxiriga qadar Sirdaryo viloyatida 8 IT-Markaz filiallari ochiladi.

2020-06-02