IT-markazda yoshlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Jizzax viloyati Yangiobod IT markazida kibersport bo‘yicha musobaqalarning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda tuman IT markazi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar ham jamoaviy turnirda CS:GO, DOTA 2 bo‘yicha, ham FIFA22 va PES22 bo‘yicha individual o‘yinlarda bellashdilar.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad yoshlar orasidan iste’dodli kibersportchilarni aniqlashdan iborat. Musobaqada jami 12 ta jamoa va 60 nafar ishtirokchi qatnashib, ulardan 14 nafari talabalar, 46 nafari mahalliy aholi vakillari bo‘ldi.

Bu kabi bellashuvlar viloyatlik o‘yinchilar uchun kibersportchi sifatida professional faoliyatlarini boshlash hamda o‘zlari yoki jamoalarini ommaga tanitish uchun ajoyib imkoniyatdir.  

2022-04-29