IT Markazlar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni bepul o‘qitadi

IT Park qoshidagi IT Markazlar O‘zbekiston Respublikasida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va hozirgi kunda mehribonlik uyida yashaydigan barcha bolalar uchun bepul kurslarni taqdim etadi.

IT Markazlar qanday kurslarni taklif etadi?

  • Kompyuter savodxonligi;
  • Veb dasturlash;
  • Grafika va dizayn asoslari;
  • Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;
  • Kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20.

Bolalar bepul kurslarda ishtirok etish uchun mehribonlik uyida vasiylik ostida ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomani olishlari, keyinchalik o‘zi istiqomat qiladigan viloyatdagi eng yaqin IT Markazga murojaat qilishlari lozim.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 135 ta IT Markaz faoliyat olib bormoqda, ularning har birida yuqorida keltirilgan kurslarga yozilishingiz mumkin.

Mazkur dastur qiyinchilik ko‘rayotgan yosh avlodning potensialni ochib berish, axborot texnologiyalari sohasidagi malakali IT mutaxassislar sonini ko‘paytirish va katta talabga ega IT mutaxassislarga aylanish yo‘lida yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

2021-07-06