Bugungi kunda IT-Markazlar jami davomiyligi 10 soat boʻlgan axborot texnologiyalari sohasiga oid 70 tadan ortiq video darslarni tayyorlashdi.
Ushbu video darslarining mavzulari shunday tanlanganki, ular karantin davrida yoshlar yangi kasb koʻnikmalarini hech qanday toʻsiqlarsiz oʻrganishlari, hamda ulardan ish davomida va ommabop frilans birjalarda foydalanishlari uchun xizmat qiladi.
Hozirgi holatda frilanser sifatida ishlash uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar uydan chiqmasdan pul topishni istagan har bir kishi uchun juda muhim rol oʻynashini anglash gʻoyatda muhimdir. Bizning video darslarimiz har bir insonga frilans uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni oʻrganishga va biznesda avvalroq egallangan bilimlardan foydalanishga imkoniyat beradi. Shuni unutmaslik kerakki, axborot texnologiyalari davr bilan tengma-teng rivojlanadi, biz hammamiz onlaynda ishlash ehtiyojining zarurligini anglab, eng muhimi, bilim va masofadan ishlash layoqatini tanamizda his qila boshlaymiz.
Shuni ham tʼkidlash kerakki, juda qisqa vaqt ichida video darslarni 1100 nafardan ortiq kishi tomosha qilgan.
Bizning video darslarimiz kompyuter grafikasi, veb va kompyuter dasturlar, ofis dasturlarini oʻqitish, multfilmlar, oʻyinlar va robotlarni yaratish kabi sohalarni qamrab oladi.
Mamlakatimiz aholisi koʻp millatli boʻlgani tufayli, biz bir video darslarni bir nechta tilde tayyorlayapmiz. Asosiy eʻtibor davlat va qoraqalpoq tiliga beriladi, shuningdek, rus tilida darslar ham mavjud.
Shunisi eʻtiborga loyiqki, foydalanuvchilar orasida kompyuter grafikasi va veb dasturlashga oid darslar ommabop.
Bundan tashqari, biz nomdor frilans platformalarida ishlash boʻyicha koʻrsatma darslarni tayyorlash va joylashni ham boshladik.
Yaqin kunlarda Google Play resursiga ilovalarni yuklash, elektron pochtadan foydalanish, Android ilovalarni ishlab chiqish, Telegram messenjerida ommaviy kanalni ochish va yuritish, antivirus tizimlari va masofaviy ish qidirish xizmatlarining tahliliga doir video darslarni joylashtirish – bizning asosiy rejalarimizdan oʻrin olgan.
Video darslardan bepul foydalanish mumkin boʻlib, ular mobil internet foydalanuvchilari uchun ham bepul hisoblangan «utube.uz» video-xostingida va «mover.uz» saytida joylashtirilgan.
Video darslarga havolalar:
Utube.uz: https://utube.uz/ru/users/7717
Mover.uz: https://mover.uz/channel/it-center/
2020-04-24