17-mart kuni IT Park Uzbekistan binosida Raqamli texnologiyalar vazir o'rinbosari Rustam Karimjonov va IT Park direksiyasi vakillari ishtirokida IT- mutaxassislarga subsidiya ajratish mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu tizimni rivojlantirish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 22-fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tilga olingan edi.
Yig'ilish davomida IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan IT taʼlim markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 million soʻmgacha, nogironligi boʻlgan yoshlar uchun 35 million soʻmgacha subsidiya ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish va uni amalga oshirishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 10 dan ortiq rezident kompaniyalar vakillari ishtirok etib, tegishli mas'ullardan subsiya ajratish bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
2023-03-17