IT Park “Adrenaline Cyber Cup” turniriga roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar natijasini eʼlon qilishga tayyor!

Xabaringiz bor, “Adrenalin Cyber Cup” turniriga roʻyxatdan oʻtish 19-iyul kuni roppa-rosa 23:59 da yakuniga yetdi. Hozir esa biz sizga roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar statistikasini taqdim qilishga tayyormiz.

Roʻyxatdan oʻtish yakunlariga koʻra “Counter-Strike: Global Offensive” oʻyiniga 89 kuchli jamoadan boʻlgan 534 ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi. 

Turnir jadvali: https://clck.ru/Pmq4T

“DOTA 2” oʻyiniga esa 73 kuchli jamoadan boʻlgan 438 ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi.

Turnir jadvali: https://clck.ru/PmqAm

“FIFA 20” oʻyini boʻyicha esa 138 nafar individual oʻyinchidan ariza kelib tushdi. “FIFA 20” boʻyicha turnir jadvali 21-iyul, soat 11:00 da qurʼa tashlash orqali aniqlanadi. Qurʼa jarayoni IT Parkʼning Youtubeʼdagi rasmiy kanalida boʻlib oʻtadi. Havola: https://clck.ru/N7sXL

“PUBG Mobile” oʻyinina 128 nafar individual oʻyinchidan ariza qabul qilindi.

Turnir jadvali: https://discord.com/invite/uYNr2kz

Oldinda hali bizni saralash oʻyinlari, chorakfinal va yarimfinal bosqichi oʻyinlari, shuningdek 4 grand final kutib turibdi.

CS:GO boʻyicha jamoalar 4 smenada oʻyin olib borishadi, aniqrogʻi:

11:00, 13:00, 15:00 va 17:00 da

DOTA 2 boʻyicha barcha oʻyinlar 19:00 da boshlanadi.

FIFA 20 va PUBG Mobile boʻyicha oʻyinlar esa 13:00 da start oladi.

Turnirning jonli efirlarini IT Parkʼning Twitch hamda Youtubeʼdagi rasmiy kanallarida tomosha qiling.

Twitch: https://www.twitch.tv/itpark_uz

Youtube: https://clck.ru/Pn4Eh

 

2020-07-21