2020-yil 14-aprel roppa-rosa soat 23:59 da, CS: GO va FIFA20 boʻyicha “Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK” kibersport turnirida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi.
“Counter-Strike: Global Offensive” oʻyini boʻyicha roʻyxatdan oʻtish natijalariga koʻra, 64 ta kuchli jamoadan 384 ta ishtirokchi roʻyxatga olindi. “FIFA 20” oʻyini boʻyicha individual oʻyinchilaridan 256 ta ariza qabul qilindi.
Oldinda bizni saralash oʻyinlari, chorak final, yarim final va grand-final oʻyinlari kutib turibdi.
Saralash oʻyinlari 2020-yil 16-aprel kuni boʻlib oʻtadi.
Chorak final va yarim final bosqichi oʻyinlari 2020-yil 17-aprel kuni boʻlib oʻtadi.
3-oʻrin uchun 2020-yil 18-aprel kuni ikkita oʻyin va ikkita Grand-final boʻlib oʻtadi.
Turnir jadvali uchun havolalar:
CS:GO: https://clck.ru/MycWm
FIFA20: https://clck.ru/MycQH
Shuningdek, barcha xohlovchilar bizning kibersportchilarimizning ajoyib oʻyinlarini quyidagi havolalar boʻyicha oʻtib toʻgʻridan-toʻgʻri uzatiladigan efir orqali tomosha qilishlari mumkin:
Twitch: http://twitch.com/HitMediaru
Youtube: https://cutt.ly/Kt00i1i
2020-04-16