“IT-Park” “Astana Hab” bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatmoqda

Joriy yilning 21-iyun kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” hamda Xalqaro IT-staraperlar texnoparki “Astana Hab” o’rtasida o’zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzolandi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi bu IT startap eko-muhitini rivojlantirishdir.

Memorandum doirasida IT-Park va Astan Hab quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilishadi:

  • IT startaplarni rivojlantirish doirasida tajriba almashinuvi, shu jumladan, biznes inkubatsiya va akseleratsiya, mentorlik va moliyalashtirishning venchur usuli masalalarida;
  • istiqbolli startap loyihalar va IT sohasidagi yechimlar transeri
  • malaka oshirish dasturlari va o’zaro tajriba almashinuvi;
  • qo'shma tadbirlarni o'tkazish bo'yicha hamkorlik (konferentsiyalar, seminarlar, anjumanlar);
  • ikki mamlakat axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirish bo'yicha faoliyatning umumiy integratsiyasi.

2019-06-26