Kecha, 2020-yil 26-fevral kuni BestComp kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda IT-Park va BestComp hamkorligiga oid bir qator mavzular muhokama qilindi.
BestComp – bu Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi yetakchi kompaniyalardan biri boʻlgan 1995-yilda tashkil etilgan kompaniyadir. Dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilish BestComp Group kompaniyasiga keng koʻlamdagi xizmat va mahsulotlarni, shu jumladan tizim integratsiyasini, maʼlumotlar qayta ishlash markazi uchun yechimlarni, tarmoq yechimlarini, uzluksiz quvvat manbai (UPS) va sovutish tizimilarini, dasturlar va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, shuningdek, IT-konsalting va distribyutorlik xizmatlarini taklif etadi.
BestComp kompaniyasi DHH loyihalariga, dasturiy taʼminot va qattiq disklarni ishlab chiqarishga va uskunalarni ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv davomida server va tarmoq uskunalari joylashadigan va maʼlumot qayta ishlanadigan, saqlanadigan va tarqatiladigan Data-markazni yaratish rejalashtirildi.
Muhokama natijasida BestComp vakillari kelgusida Oʻzbekiston vazirliklari va davlat idoralari bilan, ayniqsa IT-Park bilan hamkorlik qilishni istashlarini aytishdi.
Uchrashuv yakunida IT-Park direktori Farxod Ibragimov BestComp rahbarlaridan biri Rauf Hasanovga sovgʻa taqdim etdi.
2020-03-02