«FinTech Abu Dhabi» moliyaviy texnologiyalar sohasida startaplarni, «TIP Summit» esa «Tech For Good» sohasidagi startaplarni to‘playdi, masalan HealthTech, Energy va EnvironmentTech shular jumlasidan. Butun dunyo miqyosidagi faqat eng yaxshi startap-loyihalar ikkala tadbirga o‘tishi mumkin, tanlov finali Birlashgan Arab Amirligi poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. “Unbound” joriy yilda ushbu tur uchun mas’ul kompaniyaga aylandi.
“Unbound” – bu global innovatsion platforma bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab raqamli jamiyat orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. “Unbound” kompaniyasining eng yirik hamkorlari – bu Facebook, Microsoft, Netflix, Huawei, Yahoo!, Mastercard, Bayer va jahonda mashhur bo‘lgan boshqa kompaniyalardir.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) Unbound Tashkent’ning joriy yildagi birga tashkil etuvchisi va milliy hamkoriga aylandi.
«FinTech Abu Dhabi» final bosqichida butun dunyodan 50 ta startap-jamoa, «TIP Summit»da esa 15 ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasidan tadbirda saralash turidan o‘tgan ikkita jamoa (1- FTAD, 1- TIP) ishtirok etadi.
«FinTech Abu Dhabi» va «TIP Summit» tadbirlarida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinadi.
(Arizalarni hoziroq yuborishingiz mumkin, ma’lumot uchun telefon +998 90 325 03 33)
FTAD (FinTech Abu Dhabi)
TIP (Healthcare Envirotech Energytech)
2019-07-30