2021 yil 5 mart kuni Buxoro viloyati Vabkent tumanida IT-park, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Xalq ta'lim vazirligi bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun «Vobkent.Tech» loyihasidagi ideaton va kibersport boyicha tadbirlarni tashkil etdildi.
Ideaton doirasida jami 102 ta maktab o'quvchilari, ya'ni 20 ta jamoalarga bo'linib ishtirok etdi, mentorlar va mutaxassislar yordamida, texnologik mahsulotlarni ishlab chiqdilar hamda jamoa yetakchi tomonidan tadbiri oxirida taqdimot orqali o'z loyihasini komissiya azolariga yoritib berdi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, barcha ishtirokchilarga mahsulotni ishlab chiqarish hamda umuman samarali amalga oshirish uchun barcha zarur va qulay sharoitlar yaratildi. Ideaton g'oliblariga IT Park tomonidan simsiz karnay, quloqchin, telefon va boshqa ko'rinishidagi qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Ideaton g’oliblari:
1-o’rin
- Yusupova Saidabegim (22 maktab);
- Ashurov Shohinabonu (28-maktab);
- Bakoeva Dilnura (42-maktab);
- Jamalova Nargiza (42-maktab);
- Sayfullaeva Nargiza (35-maktab).
2- o’rin
- Gabuldani Sevinch (2-maktab);
- Rahmatullaeva Sevinch (2-maktab);
- Xalilova Zuxra (4-maktab);
- Raximova Zebiniso (33-maktab);
- Abdullaeva Farangiz (33-maktab).
3- o’rin
- Roziqova Mehriniso (34-maktab);
- Jalilova Sarvinoz (19-maktab);
- Bekwo Dilrabo (19-maktab);
- Djuraeva Ozoda (18-maktab);
- Primova Shaxina (6-maktab).
Shuningdek, IT Park, Buxoro viloyati Vabkent tumanida 42 ta maktab o'quvchilari uchun kibersport doirasida CS: GO, FIFA20 va Blur kabi o'yinlar bo'yicha musobaqalarni tashkil etdi.
Turnirda jami 234 ta ishtirokchi qatnashdi, shulardan:
Turnir g'oliblariga IT Park tomonidan kitoblar va brend buyumlar sovg'a qilindi.
Bunday tadbirlar IT sohasiga qiziquvchi kishilar sonini ko'paytiradi va Buxoro viloyatigs ushbu yo'nalishni rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
2021-03-05