IT Park Cup 2021 yakunlandi: kim g‘olib bo‘ldi?

2021-yil 19-dekabr kuni “Astrum” IT-Akademiyasida  O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT Park, Dubai Future Foundation, Toshkentdagi Amity universiteti, Astrum IT Academy, ICPC tomonidan tashkil etilgan “IT Park Cup 2021” sport dasturlash chempionati finali bo‘lib o‘tdi.



“IT Park Cup” finalida 63 ta jamoa (har birida 3 kishidan) ishtirok etdi.






Eslatib o‘tamiz, IT Park ICPC Global dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining mintaqaviy tashkilotchisi bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.  Shu bois IT Park kubogi finali ICPC Uzbekistan finaliga tenglashtirildi, uning doirasida g‘oliblar ICPC Global yarim finaliga chiqdi.

Final 5 soat davom etdi, unda jamoalar 15 ta murakkab masalani yechishlari kerak edilar.

Natijada, IT Park kubogi g‘oliblari:

1-o‘rin – “MSU AWESOME TEAM” $6500 miqdorda pul mukofotiga sazovor bo‘ldi;

2-o‘rin – “Blizzard”, $3500 miqdorda pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Biz chempionat g‘oliblarini tabriklaymiz va “ICPC Global” yarim finalida omad tilaymiz!

“ICPC” haqida qisqacha maʼlumot

“ICPC” chempionati - bu dunyodagi eng qadimgi va eng nufuzli IT-jamoa musobaqasi.  Har yili unda 100 dan ortiq mamlakatdan 60 000 ga yaqin eng yaxshi yosh dasturchilar ishtirok etadilar va eng kuchlilarning atigi 1 % final chempionatiga yo‘l oladi.  O‘tgan yillardagi “ICPC” chempionatlarida ishtirok etgan 300 000 dan ortiq dasturchilar global raqamli sanoatning elitasini tashkil etadi va yetakchi xalqaro texnologiya kompaniyalarida ishlaydi.

 

2021-12-20