IT Park’da Career Fair / Startup Battle

10-iyun kuni soat 16:00 da IT Park binosida startaplar olamiga qiziquvchi yoki yangi martaba imkoniyatlarini qidirayotgan yoshlar uchun Career Fair / Startup Battle o‘tkaziladi.

Startap Battle – kunning asosiy tadbiri bo‘lib, unda IT Park jamoasi tomonidan eng yaxshi 30 ta jamoa tanlab olinadi va o‘z startapini taqdim etib Lissabonda bo‘lib o‘tadigan veb-sammitda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, siz yosh iste’dod egalari tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar, biznes modellar va mahsulotlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
 

G‘oliblar tadbir homiylari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar, jumladan:

- Birinchi oʻrin: Lissabondagi Web Sammitga sayohat + C space kovorking uchun 12 million soʻm;

- Ikkinchi o‘rin: C space kovorking uchun 10 million;

- Uchinchi o'rin: C space kovorking uchun 8 million.
 

Karyera yarmarkasi kunning boshida bo'lib o'tadi va ish izlovchilar uchun salohiyatli ish beruvchilar bilan uchrashish, hamfikrlar bilan muloqot qilish va yangi martaba yo'llarini kashf qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish 9-iyungacha taqdim etilgan havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.office.com/r/1LGZAZ8p5m 

Soha yetakchilari bilan bog‘lanish, innovatsion startaplar haqida ma’lumot olish va orzuingizdagi ishga joylashish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

2023-06-02