IT Park’da global akselerator – “Techstars” bilan ushrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-yilning 25-noyabrida IT Park’ga “Techstars” xalqaro akseleratori mintaqaviy menejeri Anuraga Malu tashrif buyurdi.

IT Park vakillari mehmonlar uchun kichik ekskursiya uyushtirishdi, unda istiqboldagi infratuzilma, mavjud imkoniyatlar, shuningdek rezidentlar va startap-jamoalar haqida aytib o‘tildi.


Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining keyingi mavsumida o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘proq jamoalar imkoniyatlarga ega bo‘lishi, startaplar uchun yangi yo‘nalish – geym-ishlanmalar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilindi.

Maluga IT Parkning startap-jamoalari uchun belgilangan Demo Day haqida ma’lumot berildi. Unda Fondlardan tashrif buyurgan investorlar va mutaxassislar uchun barcha loyihalar bo‘yicha shunga o‘xshash taqdimot bo‘lib o‘tadi.

Ushrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar va birgalikda global akseleratsiya dasturini yaratish imkoniyatini muhokama qildilar.

2019-11-26