2022-yil 7-fevral kuni IT Parkʼda Ibragimov Sale kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, u uchta ustuvor yo‘nalishga ixtisoslashgan: savdo bo‘yicha treninglar, xodimlarni o‘qitish va call-markazlarni tashkil etish.
Uchrashuvda kompaniya rahbariyati O‘zbekistonda eksport uchun ishlash, Rossiya va Yevropa bozorlariga chiqish imkonini beruvchi call-markazlarni yaratishga qiziqish bildirdi. Ta’kidlash joizki, kompaniya rahbarlari Hindistonda tajribaga ega bo‘lgan holda koʻp vaqtdan beri call-markaz sohasida faoliyat yuritib kelishgan.
Natijada yuqoridagi tashabbusni amalga oshirish uchun har ikki tomon ham amalga oshirilishi lozim bo‘lgan keyingi harakatlar muhokama qilindi.
2022-02-08