IT Park’da maktab o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi

2021-yilning 12-fevral sanasida IT Park’da 277, 258, 238, 35 va 226 sonli maktablarning 5 va 6-sinf o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkillashtirildi.

Ekskursiya davomida IT Park xodimlari o‘quvchilarga IT Park faoliyati, startap, va umuman olganda, IT sohasi haqida ma’lumot berishdi.

Yosh mehmonlar tomonidan shunchalik ko‘p savollar berilganligi maktab o‘quvchilari IT sohasiga qiziqishi, shuningdek, kelajakda shu sohaning bir qismiga aylanishni xohlashlaridan dalolat beradi.

 

2021-02-12