IT Park’da oʻzbek tiliga bagʻishlangan seminar!

IT Parkʼda tashkilot xodimlarining oʻzbek tilini bilish darajasini takomillashtirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida IT Park xodimlari davlat tilining ahamiyati va qadr-qimmati haqidagi maʻruzani tinglash bilan bir qatorda, oʻzbek tilida bir nechta interaktiv oʻyinlar oʻynashga muvaffaq boʻlishdi.

Har doim IT Park oʻz xodimlarining bilimlarini oshirishga, shuningdek, oʻzbek tilini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi.

2020-11-10