2021-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vakillari uchun ekskursiya bo‘lib o‘tdi.
Ekskursiya doirasida IT Park xodimlari tashrif buyurgan mehmonlarga tashkilot faoliyati, uning vazifalari va maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
Ekskursiya so‘ngida mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari xodimlari uchun IT yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar tashkil etishga qiziqish bildirishdi.
2021-01-28