IT Parkʼda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi hamda vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi!

2021-yil 6-mart kuni IT Park shourumida Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Ravshan Ayubovich Gulomov, Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi Olimjon Muxamadjanovich Umarov va Oʻzbekiston tarmoqning vazirlik, idora va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi oʻrinbosari Oleg Andreevich Pekos, IT Park direktori Farhod Zoirovich Ibragimov, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va oʻrinbosarlari ishtirok etdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston hududlari vakillari ham videoselektor orqali ishtirok etdilar.



Mazkur yigʻilish «Raqamli Oʻzbekiston 2030» strategiyasi doirasida hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish holatini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Yigʻilish davomida Oʻzbekiston vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining har bir vakili yuqorida qayd etilgan strategiya doirasida raqamli transformatsiya dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot berdi.





Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Andreevich Pekos amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kamchiliklar, shuningdek, ushbu muammolarni hal etish boʻyicha takliflar haqida batafsil va toʻliq hisobot berdi.



Yigʻilish yakunlariga koʻra, mutasaddilarga «Raqamli Oʻzbekiston 2030» strategiyasi doirasida hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiyalash dasturlarini samarali amalga oshirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.






 

2021-03-08