IT-Parkʼda Silikon vodiysidan tashrif buyurgan Eylin Bryuver tomonidan master-klass oʻtkazildi!

2019-yil 7-dekabr kuni IT-Parkʼda Silikon vodiysi spikeri Eylin Bryuver tomonidan “Market Trends & Pitch Training” mavzusida master-klass oʻtkazildi.

Mehmon Oʻzbekiston Respublikasidagi birinchi IT-Park faoliyati bilan tanishtirildi, unga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining birinchi mavsumining tugashi, shuningdek, yangi toʻplam haqida soʻzlab berildi.


Maʼruzalarda tinglovchilar 2020-yildagi bozorning startap-trendlari, shuningdek investorlar oldidagi pitchingning samarali usullari haqida bilib oldilar. Maʼlumotlarni tahlil qilish va kriptoxavfsizlik juda muhim mavzulardan boʻldi.

Eylin Bryuver – bu ayollar rahbarlik qiladigan kompaniyalarga sarmoya kiritadigan investorlarni birlashtirgan “Golden Seeds” kompaniyasining boshqaruvchi direktoridir. Bundan tashqari, u ayollar huquqlari va ijtimoiy adolat boʻyicha ish olib boradigan kompaniyalarga yordam berish bilan shugʻullanadigan WAKE (Women’s Alliance for Knowledge Exchange) xayriya tashkiloti boshqaruvi aʼzosidir.


2019-12-11