15-aprel kuni IT Parkʼda “Startup Advice” loyihasi doirasida startap yaratuvchilari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan asosiy maqsad – ishtirokchilarga loyihani sinov va xatolik bilan emas, balki tizimli ravishda, bilim va ekspertning tajribasi asosida, muvaffaqiyatga erishish ehtimolini sezilarli darajada oshirishga o‘rgatish edi.
Spiker boʻldi Usmon Rahimjanov – “Startap-tashabbuslar” innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi koordinatori, BMT va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komponent menejeri.
Tadbirda Usmon Rahimdjanov tinglovchilarga startap nima ekanini va u nostartapdan nimasi bilan farq qilishi, hamda, biznes g‘oyani rivojlantirishning asosiy bosqichlari nimadan iboratligi haqida gapirib berdi. Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushirilishining nozik jihatlari va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Seminar ishtirokchilari ma’ruzaning asosiy qismidan so‘ng mutaxassisga o‘z biznes g‘oyasi haqida gapirib berish va undan amalga oshirish bo‘yicha maslahat olish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Startap tashabbuslari” yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi
www.startupinitiatives.uz
https://www.facebook.com/startupuzb/
https://t.me/startup_initiatives
2022-04-18