Joriy yilning 22-fevral sanasida IT Park’da Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda IT Park Xalqaro faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bohodir Ayupov, Investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha menejer Diyora Halilova hamda “Tajinvest” DUK ijrochi direktori Javohirlal Muzaffari, Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Isfandiyor Yazdonzoda, “Tajinvest” DUK tadbirkorlari va investorlariga xizmat ko‘rsatish markazi direktori Dilshod Niyozov hamda “Dushanbe City” MDO direktorlar kengashi a’zosi Shuhrat Soliyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Tojikistonlik mehmonlar IT Park faoliyati bilan tanishib chiqishdi. Tojikiston vakillari, o‘z navbatida, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga doir davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga hamda O‘zbekiston hududida yaratilayotgan infratuzilmaga yuqori baho berishdi.
Uchrashuv yakunida, har ikkala tomon startap ekotizimi, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma onlayn trening va tadbirlarni tashkil etish uchun tajribali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, investitsiya jalb qilishda va startap loyihalarni moliyalashtirishda o‘zaro hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishib olishdi.
2021-02-22