2020-yilning 9-noyabr kuni IT Park bilan hamkorlikka qiziqish bildirgan Turkiya IT kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Turkiyaning “Borga bilişim teknoloji ticaret anonim şirketi”, “Trend micro”, “Netcom”, “Albasec”, “Privia security” va “Issd” kabi IT kompaniyalarining vakillari ishtirok etishdi. Ushbu IT kompaniyalari asosan IT mahsulotlari hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirishga ixtisoslashgan.
Uchrashuv davomida Turkiyalik mehmonlar oʻz kompaniyalarini taqdim etish bilan bir qatorda ularning faoliyati haqida ma’lumot berishdi. IT Park vakillari ham mehmonlarga taqdimot namoyish etib, tashkilot faoliyati toʻgʻrisida soʻzlab berishdi.
Shuni ta’kidlab oʻtish lozimki, Turkiya vakillari IT Park tomonidan mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan samarali chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.
Natijada, ikki tomon mumkin boʻlgan qoʻshma rejalarni muhokama qildilar hamda kelgusidagi hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldilar.
2020-12-12