IT Parkʼda uchinchi “Banklar uchun Demo Day” yakunlari

IT Park va AloqaVentures tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida Oʻzbekistondagi tijorat banklari ishtirokida startaplarning uchinchi “Demo Day” tadbiri tashkil etildi. Ishtirokchilar orasida 6 ta istiqbolli startap loyihalari taqdim etildi.

“Banklar uchun Demo Day” — bu mamlakatimizdagi tijorat banklari va startaplar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun pitch formatidagi anʼanaviy tadbir. Uchrashuvda “Agrobank,“ “Asia Alliance Bank,“ “Aloqabank,“ “BRB,“ “Davr Bank,“ “Infinbank,“ “Ipak yoʻli bank,“ “Mikrokredit Bank,“ “Milliy bank,“ “Orient Finance Bank,“ “SQB,“ “Trast Bank,“ “Turon Bank,“ “Xalq Bank,“ “Hamkorbank” kabi banklarning vakillari ishtirok etdi. Dastur doirasidagi avvalgi uchrashuvlar 14 va 31-may kunlari boʻlib oʻtgan.

12-iyul kuni “Demo Day” tadbirida Oʻzbekistonning yirik tijorat banklari vakillariga “UySot”, “IMAN”, “RoyalTaxi”, “AllGood”, “MyCFO” va “OzPlanet” kabi istiqbolli startaplar taqdim etildi. Har bir kompaniyaga oʻz startapini taqdim etish, savol-javoblar sessiyasini oʻtkazish va investorlar bilan muloqot qilish uchun vaqt ajratildi. 

UySot” foydalanuvchilar uchun qulay va tezkor yechimlarni taklif etuvchi koʻchmas mulkni ijaraga olish va sotish platformasini taqdim etdi.

IMAN” islomiy bank ishi va moliyaviy boshqaruv imkoniyatlarini taqdim etuvchi innovatsion fintech (moliyaviy texnologiyalar) mahsulotini namoyish etdi.

RoyalTaxi” ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda qulay va xavfsiz sayohatlarni taʼminlaydigan zamonaviy taksi xizmatini taqdim etdi.

AllGood” kompaniyasi “AllGood” ekotizimini (AllGood Nasiya & AllGood Market) — onlayn xarid va muddatli toʻlovlat uchun raqamli xizmatlarni taqdim etdi.

MyCFO” Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyat yurituvchi IT-yechimlar va konsalting boʻyicha kompleks yechimni namoyish etdi. 

OzPlanet” biznes uchun moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarning raqamli platformasini taklif qildi.

Tadbir ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov va Markaziy bank raisi oʻrinbosari Abrorxoʻja Turdaliyev bilan boʻlib oʻtgan muhokamalari tadbirning muhim qismiga aylandi.

Tadbirda ilgari pitch-sessiyalarda ishtirok etgan "Jett", "Cradle", "Zypl.AI", "Coozin", "Sugʻurta bozor", "Ustabor" kabi startaplar ham ishtirok etdi. Ular banklar bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar, erishilgan natijalar va hamkorlik jarayonida duch kelgan qiyinchiliklarni hal etish yoʻllari haqida maʼlumot berdilar. Ushbu tajriba almashish startaplar uchun ham, banklar uchun ham juda foydali boʻlib, har bir tomonning ehtiyojlari va imkoniyatlarini chuqurroq tushunishga yordam berdi.

2024-07-13