IT Park Direksiyasi va “O‘zbekinvest Hayot” hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Imzolangan bitim doirasida IT Park rezidentlariga hamda ularning xodimlariga sug‘urta xizmatlari uchun katta chegirmalar taqdim etiladi

2020-yil 10-may kuni IT Park Direksiyasi “O‘zbekinvest Hayot” bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi.

Bu IT Park rezidentlari va ularning xodimlariga nimalarni taqdim etadi?
IT Park rezidentlari va ularning xodimlari quyidagi sug‘urta turlari bo‘yicha taqdim etiladigan keng qamrovli sug‘urta xizmatlaridan chegirma asosida foydalanishlari mumkin:

- hayot va sog‘liqni sug‘urtalash;
- xorijga ketayotganlarning sug‘urtasi uchun sharoit;

- mulkiy risk va javobgarlikni sug‘urtalash;
- hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash.

IT Park rezidentlari IT Park Direktsiyasi tomonidan berilgan sertifikatni taqdim etish, ya’ni rezidentlik maqomini tasdiqlash orqali sug‘urta qoplamasining yuqoridagi turlari bo‘yicha “O‘zbekinvest Hayot” bilan hamkorlik qilishlari mumkin. Shuningdek, IT Park rezidentlari zarurat tug‘ilganda maslahat va axborot yordamini olish uchun “O‘zbekinvest Hayot”ga murojaat qilishlari mumkin.

Shartnomaga ilova: 

Ilova 1


Ilova 2

Ilova 3

Ilova 4

Ayni damda IT Park Direksiyasi Internet provayderlari hamda uyali aloqa operatorlari
bilan IT Park rezidentlariga imtiyozli chegirmalar taqdim etish yuzasidan hamkorlik to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, IT Park Direksiyasi va Aloqabank o‘rtasida imzolangan bitimga binoan, Aloqabank IT Park rezidentlariga bank xizmatlari uchun imtiyozlar taqdim etadi. Hozirgi kunda ushbu tarifdan 50 dan ziyod rezidentlar foydalanib kelmoqda.
 

 

2021-06-07