IT Park direktori Coursera bosh direktori bilan muzokaralar olib bordi

Joriy yilning 4-iyun sanasida IT Park direktori Farhod Ibragimov “Coursera” bosh direktori Jeff Maggioncalda bilan muzokaralar o‘tkazdi.





Shuningdek,
uchrashuvda Hindiston va Osiyo-Tinch okeani hududidagiCourserakompaniyasi direktori Raghav Gupta hamda Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeanidagi yetakchi universitetlarning rahbarlari va boshqalar ishtirok etishdi.



Tadbir zamonaviy ta’limga oid masalalarni muhokama qilish hamda tomonlarning Coursera bilan hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Onlayn uchrashuv davomida Jeff Maggioncalda Coursera loyihasini qanday qilib ishga tushirganligini, shuningdek ushbu loyiha korxonalar, korxona xodimlari, davlat va talabalarga qanday ta’sir korsatganligi haqida sozdab berdi.

Qolaversa, Coursera bosh direktori zamonaviy oliy ta’lim haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Mart oyida biz o‘z ofisimizni yopdik, har bir xodim uydan ishlashni boshladi va hozirgi kunga qadar masofaviy tarzda ishlab kelmoqdamiz. Talabalar ham masofaviy tarzda o‘qishni boshlashdi. “Coursera” ofisga qaytmaydi, va ko‘plab yirik kompaniyalarning ham ofisga qaytishni xojati yo‘q deb o‘ylayman. Ayrim xodimlar onlayn tarzda, ba’zilari esa ofisda, qolganlari gibrid formatda (bir necha kun uyda, bir necha kun ofisda) ishlashini rejalashtirmoqdamiz va kelajakda shunga o‘xshash tizim oliy ta’lim sohasiga ham kirib keladi. Albatta, kampuslar va oflayn shaklda tahsil oladigan talabalar bo‘ladi, ammo onlayn shaklda o‘qiydigan talabalar soni ham ko‘p bo‘ladi”, - deya Jeff Maggionklad o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv
yakunida tadbir ishtirokchilari ochiq munozaralar, shuningdek, qisqa savol-javob sessiyalarini otkazishdi.

Mazkur uchrashuv boshqa yetakchi tashkilotlar va universitetlar bilan bog‘lanish hamda zamonaviy onlayn ta’lim sohasida tajriba va bilim almashishga imkon berdi.


 

2021-06-07