IT Park direktori Farhod Ibragimov “Toshkent Yoshlar forumi 2020” yoshlar forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 18-dekabr kuni IT Park direktori Farhod Ibragimov Toshkent shahar hokimligi, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan mamlakat tarixidagi birinchi “Toshkent Yoshlar forumi 2020” forumida ishtirok etdi.

Forumning ochilish marosimiShoshzalidagi Kongresslar zalida boʻlib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi Olimjon Umarov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov hamda boshqa vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Farhod Ibragimov oʻz nutqida yoshlarga IT sohasi ochib berayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ushbu sohaning afzalliklari va istiqbollari haqida soʻzlab berdi.

Forum davomida yoshlar hukumat vakillari bilan muloqot qilish hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga muvaffaq boʻlishdi.

Bundan tashqari, forumda 10 yil davomida Oʻzbekistonda turli sohalarni rivojlantirishda amalga oshirilgan islohotlar haqida munozaralar boʻlib oʻtdi. Munozaralar davomida yoshlar  tarmoqlarga tegishli boʻlgan muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida fikr almashishdi. Shuni takidlash joizki, yoshlar munozara davomida faol qatnashib, oʻz takliflarini bildirishdi.

Forum doirasida yoshlar
ning zamonaviy qahramonlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarning namoyishi hamda badiiy festival va tanlovlar tashkil etildi.




 


 

2020-12-21