IT Park “Exadel” rezidenti tester bo‘lishni xohlovchilar uchun “Basic QA” amaliyotini ochadi

Tester bo'lishni xohlovchilar uchun "Exadel" IT-kompaniyasida amaliyot o'tash uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- Ingliz tili: Intermediate darajasi yoki undan yuqori daraja;

- Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar, SQL;

- SHK va mobil qurilmalar uchun OS tushunchasi va uning turlari;

- tarmoqlar bo'yicha asosiy bilimlar (TLS, HTTP / HTTPS, SSL, TCP / IP).

-tester sifatida ishlash istagi.

Amaliyot olish uchun siz ro'yxatdan o'tishingiz kerak va saralash testidan o'tishingiz kerak.

* Statistik ma'lumotlarga ko'ra, amaliyotchilarning 50% dan ortig'i amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng “Exadel” kompaniyasida ishga takliflar oladi. Eng yaxshi amaliyotchilarni kompaniya ishga taklif qiladi.

Amaliyot muddati: 2 oy.

Boshlanish:  10-yanvar 2022-yil.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2021-yil 20-dekabrgacha.

Format: onlayn.

Til: rus tili.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://lnkd.in/dVa45k7f.

2021-12-13