IT Parkʼga Tojikistonning Fifty Five Group kompaniyasi tashrif buyurdi

2022-yil 17-fevral kuni Tojikistondan Fifty Five Group kompaniyasi IT Parkʼga tashrif buyurdi.

 Uchrashuv davomida kompaniya vakillari IT Park faoliyati bilan tanishdilar. Qolaversa, tomonlar o‘z mamlakatlarida loyihalarni amalga oshirish va IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishdi.

 Natijada ikkala tomon ham hamkorlik qilish va O‘zbekistonning IT-tadbirkorlarini Tojikistonga kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 Fifty Five Group – Tojikistonda IT Parkʼini yaratishda Smart City Dushanbega yordam beradigan tashkilot.

2022-02-17