Agarda bizning faoliyatimizni kuzatsangiz, IT Park juda qiziqarli va ajoyib loyihalarga boy ekanligini sezgan boʻlsangiz kerak. Baʼzida shunaqasi ham boʻladiki, mazkur loyihalarni amalga tatbiq etish uchun bizda xodimlar yetishmay qoladi. Shu tufayli ham IT Park Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlarida joylashgan filiallari uchun loyiha menejeriga muhtoj!
Talablar:
1. Oliy maʼlumot.
2. Shartnomalar va dastlabki hujjatlar bilan ishlash tajribasi.
3. IT sohasidagi loyihalar/mahsulotlarni amalga oshirishda tajriba -1 yil.
4. Word dasturlarini professional darajada bilish, Excel jadvallar (formulalar) tuzish darajasida bilish.
5. Rus, oʻzbek va ingliz tillarini malakali yozma va ogʻzaki nutq darajasida bilish.
Malakalar/koʻnikmalar:
1. Muloqotga kirishuvchanlik.
2. Bir vaqtning oʻzida turli vazifalar bilan ishlay olish.
3. Qisqa vaqt ichida natijaga erishish mahorati.
4. Tahliliy koʻnikmalar.
Jamoamizga kimni izlamoqdamiz:
• Tashabbus va natija koʻrsata oladigan faol xodim;
• Oʻz hamkasblarini eshita va tinglay oladigan, shuningdek, ish vaqtida yuzaga kelgan muammolarni samarali hal qiluvchi jamoa aʼzosi;
• Mijozlarimizning muammolarini oʻrganishga va ularga yordam berishga intiluvchi hamkasb.
Ish haqi: suhbat asnosida belgilanadi.
Savollar va rezyume yuborish uchun: hr@it-park.uz
2020-11-09