IT Park imkoniyati cheklanganlar uchun bepul IT kurslarini oʻtkazdi

Joriy yilning sentyabr oyida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan IT Markazʼda imkoniyati cheklangan odamlar uchun , ularning IT salohiyatini saqlab qolish va respublika aholisining barcha qatlamlariga yuqori sifatli IT-taʼlim berish maqsadida axborot texnologiyalari boʻyicha bepul kurs boʻlib oʻtdi.

Shu sababli, Imkoniyati cheklanganlar jamiyati Paxtakor boʻlimi IT Markazʼga oʻquv jarayonida olingan bilimlarni yanada samarali oʻzlashtirish uchun moddiy-texnik bazani amalga oshirishda yordam koʻrsatdi.

Taʼkidlash joizki, bundan buyon nogironlar IT Markazʼda mavjud boʻlgan har qanday IT kurslariga bepul kirishlari mumkin. Buning uchun yashash joyiga eng yaqin joylashgan IT Markazʼga murojaat qilish lozim boʻladi.

Bir necha yillardan buyon Oʻzbekiston hukumati axborot -kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishda, shuningdek, yoshlarning shu jumaladan imkoniyati cheklangan insonlar uchun IT sohasidagi zamonaviy tendensiyalardan xabardorligini oshirish uchun taʼlim dasturlarini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

2021-09-23