IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi to‘lqini: statistika va ariza natijalari

Bir oy avval biz IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi to‘lqini ishga tushirilishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun esa sizlar bilan dasturlarda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalar haqida statistik malumotlarni baham ko‘ramiz.

Jami 202 ta ariza kelib tushdi, ular orasidan 121 ta ariza – inkubatsiya dasturi, 81 ta ariza akseleratsiya dasturi uchun.

Loyiha hududi statistikasi.

Inkubatsiya:

Agrotech - 31

Autotech - 5

E-commerce - 24

E-gov - 1

Fintech - 5

GameDev - 1

IoT - 2

Medtech - 9

Online Education - 18

Others - 26

Akseleratsiya:

Agrotech - 25

Autotech - 3

E-commerce - 16

E-gov - 1

Fintech - 2

GameDev -1

IoT - 2

Medtech - 9

Online Education - 11

Others – 12

Inkubatsiya dasturiga 105 ta erkak va 17 ta ayol kishi ariza topshirgan, akseleratsiya dasturiga esa 70 ta erkak va 11 ta ayol kishi ariza topshirgan.
Ortacha, ishtirokchilarning yoshi 16 dan 36 ni tashkil etadi. Eng yosh ishtirokchi 14 yoshda, eng kattasi esa – 46.

Qolaversa, 156 ta loyiha goya bosqichida, 40 tasi MVP (minimum valuable product) bosqichida va 6 tasi esa bozorga kirishga tayyor.

Eslatib otamiz, inkubatsiya dasturi ajoyib istiqbolli g‘oyalarga ega bo‘lgan ishqibozlarning startap g‘oyalarini o‘quv dasturlari va mutaxassis tavsiyalari orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 
Akseleratsiya dasturi, o'z o'rnida,
 yanada to'liq mahsulotni shakllantirish uchun ishlab chiqilishi kerak bo'lgan prototip egalari uchun mo'ljallangan.

IT Park’dagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi to‘lqini 3 oy davom etadi hamda ular 8 ta modul va 34 ta tadbirdan tashkil topgan.

Tadbirlar ta’lim va ekspert mashg‘ulotlari, dala sinovlari, Bootcamp va  albatta Pizza party’ni o‘z ichiga oladi! Va dastur so‘ngida, har doimgidek, sizni loyihangizni namoyish etishingiz va qo‘lingizdan nima kelishini ko‘rsatishingizga imkon beruvchi Demo Day kutmoqda.

Bu safar asosiy etibor nazariya va investorlar bilanmetchingga emas, balki trekshn (tez osish), mentorlik va amaliyotga qaratiladi.




 

2021-04-05