IT Park joriy yilning 14-oktyabr kuni ta’lim sohasidagi innovatsion loyihalarni joriy etish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida yangi “STEAM-park” inkubatsiya markazini tashkil etdi. Bundan tashqari, “STEAM-park” amaliy laboratoriyalar majmuasi va inkubatsiya markazining ochilish marosimida “Technoways” texnologik rivojlanish marafonining 6-mavsumi doirasida forsayt-seminar o‘tkazildi.
Ochilish marosimining asosiy ishtirokchilari IT Park direktori maslahatchisi J. Partasarti, Jizzax davlat pedagogika ilmiy-tadqiqot va innovatsion instituti prorektori G. Qodirov, Innovatsiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Narimonov, shuningdek, IT Parkning Jizzax viloyatidagi filiali, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi viloyat boshqarmasi xodimlari hamda “SAMBHRAM” IT universiteti vakillari bo‘lishdi.
Yangi inkubatsiya markazida iqtidorli yoshlarni istiqbolli innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida xakatonlar, ideatonlar va boshqa IT tanlovlar muntazam ravishda o‘tkazib turiladi. Eng yaxshi startap g‘oyalar mualliflari inkubatsiya dasturlarida ishtirok etadilar, unda ular loyihalarni boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘qitiladilar.
Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi Inkubatsiya markazining faoliyati faoliyatning barcha sohalarida, shu jumladan ta’lim sohasida innovatsion loyihalarga talab oshganligini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu talabalarga startap ekotizimini shakllantirishga va umuman IT sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi.
Ushbu markaz olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada samarali o‘zlashtirish uchun barcha xalqaro standartlarga muvofiq zarur kompyuter uzkunalari, uzluksiz elektr ta’minoti va simsiz Internet bilan jihozlangan.
2021-10-21