2021-yil 27-may sanasida IT Park tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan IT sohasidagi universitet talaba va bitiruvchilari uchun “JOB FEST 2021” boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtadi.
Yarmarkada siz:
- mahalliy va xorijiy kompaniyalarning taqdimotlarini tinglash;
- kompaniya vakillari bilan suhbatlashish;
- qiziqarli ish yoki amaliyot variantlarini topishingiz mumkin.
Agar siz IT sohasida ish topmoqchi boʻlsangiz va sizga ish topishda yordam beradigan yoki shunchaki maslahat beruvchi soha mutaxassislari bilan jonli suhbatlashmoqchi boʻlsangiz, unda roʻyxatdan oʻting va tadbirda ishtirok eting.
Sana: 2021-yil 27-may
Vaqt: soat 9:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Inha universiteti, B blok
Roʻyxatdan oʻtish zarur: https://clck.ru/UwVct
Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon: +998 99 810 60 35
2021-05-25