IT Park yangi vakansiyani e’lon qilishga tayyor: kadrlar bo‘limi rahbari
Talablar:
— oliy ma’lumotli;
— kadrlar sohasida 6 yildan 19 yilgacha bo‘lgan ish tajribasi;
— yetakchilik sohasidagi tajribasi (yaxshi boshqaruv ko‘nikmalari);
— korxonada ishlashni bilish;
— hisobot berish tartibini bilish;
— rus va o‘zbek tillarini bilish;
— 1C dasturlari, mehnat.uz, Microsoft Office va boshqa dasturlarni mukammal darajada bilish;
— mehnat kodeksi, mehnat huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunlar va qoidalarni bilish;
— stressga chidamlilik.
Mas’uliyatlari:
- kompaniyaning kadrlar siyosatini yuritish;
- xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish va boshqa bo‘limga o‘tkazish bilan shug‘ullanish;
- kadrlar ishini tahlil qilish va baholash;
- hisobot jadvalini yuritish.
Ish sharoiti:
- haftada 5 kunlik ish, soat 9.00 dan 18.00 gacha;
- mehnat kodeksiga ko‘ra rasmiy ish o‘rni;
- ahil va quvnoq jamoa;
- kasbiy o‘sish imkoniyati;
- ish haqi suhbat natijalariga qarab belgilanadi.
Bizga to‘g‘ri kelaman deb o‘ylaysizmi?
Agar javobingiz ha bo‘lsa, rezyumeni shu yerga jo‘nating: http://hr@it-park.uz
2021-06-18