Joriy yilning 31-may sanasida bolalar kuni munosabati bilan IT Park tashkilot xodimlarining farzandlari uchun bayram uyushtirdi.
Bolalar ko‘ngilochar dastur uyushtirgan animatorlar bilan vaqtini maroqli o‘tkazishdi.
Komiks qahramonlari ular uchun turli xil tanlovlar, qiziqarli o‘yinlar, raqs dasturlari, pufakchalar namoyishi va boshqa ko‘plab narsalarni tashkillashtirdi.
Bolajonlarga bayram juda ham yoqqanligi fotosuratlarda yaqqol ko‘rinib turibdi.
Barcha jajji bolajonlarimizni bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz va ularga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarini tilab qolamiz!
2021-06-01